Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Huawei»dan yangi smartfon: «P Smart 2021» bilan tanishamiz

«Huawei»dan yangi smartfon: «P Smart 2021» bilan tanishamiz

Foto: «iXBT.com»

«Huawei» kompaniyasi o‘rta toifaga mansub «Huawei P Smart 2021» smartfonini taqdim etdi.

Kompaniya 2020-yilning may oyida «Huawei P Smart 2020»ni chiqargandi.

«2021» — yuqoridagi smartfonning o‘rinbosari. Ekrani — 6,67-dyuym (Full HD+). To‘rttalik kamerasi 48 Mp, 8 Mp, 2 Mp va 2 Mp datchiklarga ega. Frontal kamerasi esa 18 megapikselli.

Foto: «iXBT.com»

Smartfon protsessori — Kirin 710A. «Huawei P Smart 2021» 5000 mAs sig‘imli akkumulyatordan quvvat oladi. Tezkor quvvatlashni qo‘llaydi — 22,5 Vt.

Smartfonga Huawei Mobile Services (HMS) servisi AppGallery ilovalar do‘koni bilan birga o‘rnatilgan.

«Huawei P Smart 2021» Yevropa bozorida 229 yevrodan taklif etilmoqda. Sotuvga qora, tillarang, yashil ranglarda chiqadi. Savdolar oktyabr oyi ikkinchi pallasidan boshlanishi kutilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring