Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ikki oy to‘shakda qimirlamay yotganga NASA 156 million to‘laydi

Ikki oy to‘shakda qimirlamay yotganga NASA 156 million to‘laydi

Foto: «Lifelinescreening.com»

NASA hamda Germaniya aviatsiya va kosmonavtika markazi hamkorlikda jiddiy sinov o‘tkazyapti. Sinovda qatnashuvchilarga 16,5 ming yevrodan (156 mln. so‘m atrofida) va’da qilingan.

Bir qarashda, bunday ish haqida faqat orzu qilish mumkin. Ammo xulosa qilishga oshiqmang, aytishadiku: «Bir balosi bo‘lmasa, ...».

Demak, NASA talabiga ko‘ra, sinovga kelgan ko‘ngillilarga 60 kun davomida nafaqat o‘rinlaridan turishlariga, hatto boshlarini qimirlatib qo‘yishga ham ruxsat berilmaydi. Turgan gapki, ikki oy davomida yuvinmaysiz, o‘zlari yedirib-ichirishadi, hojat ham shu yerda...

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: 24—55 yosh oralig‘idagi, salomatligi joyida, tamaki chekmaydigan ayollar sinovga qo‘yiladi. Da’vogarning bo‘yi 153 dan 190 santimetrgacha, tana vazni indeksi 19 dan 30 gacha bo‘lgani  ma’qul.

Bejizga bu talablar qo‘yilmayapti. Ushbu sinov orqali olimlar kosmosdagi vaznsizlikning insonga ta’sirini kamaytirish yo‘llarini topishmoqchi. Odatda odam doim bir xil holatda yotsa shunga o‘xshash o‘zgarishlar kuzatilarkan.

Darvoqe, sinovning eng qiyin shartini aytishni unutayozibmiz: «NASA karvotlari» 6 daraja qiyalikda joylashtiriladi, bechora ko‘ngilli ikki oy oyog‘i osmonda bo‘lib yotishga majbur.

Pul topish osonmas...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring