Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Infraqizil kamera: tunda suratga oladigan smartfon sotuvga chiqmoqda (foto)

Infraqizil kamera: tunda suratga oladigan smartfon sotuvga chiqmoqda (foto)

Foto: «Igeekphone»

Tunda surat va videolarga olish uchun infraqizil nurli kamera bilan jihozlangan «OUKITEL WP7» himoyalangan smartfoni taqdim etildi. «Igeekphone» ma’lumotiga ko‘ra, yangi telefon joriy yilning 12-iyunidan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

«OUKITEL WP7»ning narxi — 299,99 dollar. Bu raqobatbardosh va jozibali narx sifatida e’tirof etilmoqda. Qayd etilishicha, smartfon asosan Yevropa, Yaponiya, Amerika va Rossiyada «AliExpress» hamda «OUKITEL» rasmiy do‘konlariga chiqariladi.

Smartfonning yangi imkoniyatlari

Foto: «Igeekphone»

«OUKITEL WP7» kamerasi sezilarli o‘zgarishlar asosida optimallashtirilgan. Ya’ni u hatto qorong‘ida ham yorug‘liksiz aniq suratga olish uchun infraqizil tungi ko‘rish texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu, masalan, sayohatchilar, suratkashlar, umuman, qiziquvchilarga tunda ham bir-biridan ajoyib manzaralarni tarixga muhrlash imkoniyatini beradi.

Foto: «Igeekphone»

Smartfon o‘ziga xos tarzda suratga olish imkonini beruvchi uchta — Sony 48 MP asosiy kamera, 16 MP old kamera va 2 MP uzunlikdagi kamera bilan jihozlangan. Bu har qanday fotosuratning go‘zal bo‘lishini ta’minlaydi.

UVC sterlizatsiya va ultrachiroqli fonar

Foto: «Igeekphone»

«OUKITEL WP7»ning UVC sterlizatsiyaga egaligi har tomonlama foydali vosita sifatida qaralmoqda. Ta’kidlanishicha, bunday vosita hozirgi COVID-19 pandemiyasi davrida har bir oila a’zosining yanada sog‘lom va xavfsiz bo‘lishi uchun eng yaxshi tanlovdir.

Foto: «Igeekphone»

Telefonning SOS rejimiga ega ultrachiroqli fonari foydalanuvchi ehtiyojlariga xizmat qiladi. Uni o‘rnatish ham juda oson. Buning uchun shunchaki fonarni magnit metallga yaqinroq olib kelishning o‘zi kifoya. Keyin ular o‘zaro birlashadi.

Foto: «Igeekphone»

Smartfon yuqori darajadagi changga chidamli va o‘ziga suv yuqtirmaydi. Bunga qo‘shimcha ravishda u sovuq yoki issiq haroratda ham ishlayveradi.

Foto: «Igeekphone»

8000 mAh sig‘imli akkumulyator bilan esa smartfonni uzoq vaqt, o‘chib qolishidan qo‘rqmasdan ishlatish mumkin.

Nurillo To‘xtasinov tayyorladi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring