Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Inha universiteti talabalari «FALLING WALL LAB»da 1-o‘rinni egallashdi

Inha universiteti talabalari «FALLING WALL LAB»da 1-o‘rinni egallashdi

Foto: «jinr.ru»

Toshkentdagi Inha universiteti talabalari birinchi marta «FALLING WALL LAB»da ishtirok etib, birinchi o‘rinni egallashdi. Bu haqda AKT vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

«Falling Walls Lab» — Berlin devori qulashining 20 yilligi sharafiga Germaniyada yaratilgan loyihadir. Bu yosh olimlar o‘zlarining innovatsion g‘oyalarini ilmiy, ijtimoiy, sanoat yoki biznes sohalarida taqdim etish imkonini beruvchi konferensiya hisoblanadi.

«FALLING WALL LAB» ikki bosqichda amalga oshiriladi: ishtirok etuvchi mamlakatlarda, birinchi navbatda, milliy miqyosda jamoatchilik prezentatsiyalari birinchi saralash bosqichi davomida o‘tkaziladi.

3-may kuni Toshkentda Germaniya elchixonasi tomonidan tashkil etilgan «Falling Walls Lab Tashkent» tanlovi doirasida biznes namunalari, innovatsion loyihalar va g‘oyalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Inha universiteti talabalari Javohir Jo‘raxonov va uning jamoasi «MakeCraft» boshlang‘ich loyihasini taqdim etib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

MakeCraft — mavjud materiallardan, masalan, plastmassadan, kauchukdan chiroyli va foydali buyumlarni yaratish imkonini beruvchi platformadir. Bu loyihanig maqsadi atrof-muhitni ifloslanishini kamaytirishga undash hisoblanadi.

Javohir Juraxonov 8-9 noyabr kunlari Germaniyada siyosat, fan, iqtisodiyot, madaniyat va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirokida o‘tkaziladigan «FALLING WALL LAB»ning yakuniy bosqichida o‘z loyihasini taqdim etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring