Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Internet tezligi 5 barobarga oshiriladi

Internet tezligi 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi s’yezdida qilgan chiqishi davomida kelgusi besh yilda raqamli iqtisodiyot asosiy «drayver» sohaga aylantirilishini ma’lum qildi.

«Kelgusi besh yilda raqamli iqtisodiyotni asosiy «drayver» sohaga aylantiramiz. Uning hajmi kamida 2,5 barobarga oshirilib, 4 milliard dollarga yetkaziladi.

Har bir xonadon  va ijtimoiy muassasa maqbul narxda yuqori tezlikdagi internetga ulanadi, magistral avtomobil yo‘llari 100 foiz mobil aloqa va internet bilan qamrab olinadi.

Shuningdek, xalqaro magistral internet tezligi – 5 barobarga, tumanlararo tarmoqlar tezligi – 8 barobarga oshiriladi.

Kelgusi yil yakuniga qadar, «Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi» tamoyili asosida, barcha davlat organlarida ish yuritish, aholi bilan hujjat almashish to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi»,  — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring