Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ipak yo‘li bo‘ylab matematik sarguzashtlar

Ipak yo‘li bo‘ylab matematik sarguzashtlar

Shu nomdagi dastur doirasida o‘zbek va koreys o‘quvchilari uchrashishdi.

Janubiy Koreyaning Inha universiteti qoshidagi iqtidorli o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan o‘quv markazining bir guruh iqtidorli o‘quvchilari va ularning ustozlari «Ipak yo‘li bo‘ylab matematik sarguzashtlar» deb nomlanuvchi dastur doirasida yurtimizda mehmon bo‘lib turishibdi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Safar davomida mehmonlar Vatanimizning diqqatga sazovar joylariga tashrif buyurish bilan bir qatorda, o‘zbekistonlik iqtidorli o‘quvchilar bilan do‘stlik rishtalarini o‘rnatmoqdalar.

Dastur doirasiga kiruvchi bir kunlik seminar-trening poytaxtimizdagi Yoshlar ittifoqi saroyida bo‘lib o‘tdi. Seminarda ikki mamlakat yoshlari axborot texnologiyalari va matematika sohasida erishgan yutuqlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Tadbirda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashgan maktab va poytaxtimizdagi 246-son maktab o‘quvchilari, Toshkent shahridagi Inha universitetining professor o‘qituvchilari, talabalari ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida ishtirokchilar O‘zbekiston va Janubiy Koreyaning urf-odatlari va madaniyati bilan yaqindan tanishishdi. Toshkent shahridagi Inha universitetida faoliyat yuritgan professor Jeanam Park seminar ishtirokchilariga O‘bekistonning tarixiy obidalari va xalq amaliy san’ati haqida xaqida maruza o‘qidi.

Kelgusida bunday dasturlar hamda do‘stlik uchrashuvlarini mazmun jihatidan boyitish va yanada kengaytirish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring