Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IT-Park Rossiyaning Venchur fondi bilan memorandum imzoladi

IT-Park Rossiyaning Venchur fondi bilan memorandum imzoladi

Foto:«Mitc.uz»

Rossiyaning Venchur fondi va akseleratori – «YellowRockets» va IT-Park o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

«YellowRockets» yirik korporatsiyalar uchun akseleratsiya dasturlarini tashkillashtimoqda va startaplarga ularning rivojlanishining dastlabki bosqichlarida $ 400 000 gacha investitsiya kiritmoqda.

Mazkur tashrif doirasida tomonlar hamkorlik qilishning imkoni bor barcha yoʻnalishlarini – stajirovka orttirishdan tortib, O‘zbekiston Respublikasida venchur moliyalashtirishni rivojlantirish bo‘yicha ishlashgacha muhokama qildilar, shuningdek hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladilar.

Memorandumda tomonlar o‘rtasida axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik qilish, konsultatsiya berish va istiqbolli startap loyihalarini, venchur moliyalashtirishni, shuningdek -ta’limni qo‘llab-quvvatlash ekotizimini yaratish bo‘yicha tajriba almashish ko‘zda tutildi.

Bitim doirasida «Yellow Rockets»da IT-Park hodimlarining malakasini oshirish, venchur yo‘nalishi bo‘yicha treninglar tashkil etish va IT-Parkning yangi trekerlari va murabbiylari bilan potentsial hamkorlik rejalashtirilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring