Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh harbiy-havo kuchlari kelajak urushi tasvirlangan videoni taqdim etdi

AQSh harbiy-havo kuchlari kelajak urushi tasvirlangan videoni taqdim etdi

Foto: «Lenta.ru»

AQSh Harbiy-havo kuchlariga qarashli tadqiqot laboratoriyasi 2030-yilga borib dushman pozitsiyalariga qarshi qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan texnikasi tasvirlangan rolikni taqdim etdi, deb xabar berdi «Lenta.ru».

Videoda «F-35A» uchuvchisi boshqa bir qator uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalar parvozini nazorat qilayotgani tasvirlangan. Ulardan biri nishonni aniqlagan va uchuvchining buyrug‘iga binoan dushman tomonning «Zenit» raketa tizimini yo‘q qilgan.

Shuningdek, rolikda ko‘rsatilishicha, radioelektron qurolga qarshi tizimlarga dronlar hujumga o‘tgan.

Bundan tashqari videoda qanotli raketaning aniq zarbasi, shu bilan birga, drondagi lazer pushkasi yordamida raqib samolyotining yo‘q qilinishi ham ko‘rsatilgan.

Barcha harakatlar sayyoraning turli nuqtalarida (Markaziy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo va Shimoliy Amerika) amalga oshirilgan, biroq sun’iy yo‘ldoshlar yordamida yagona markazdan turib boshqarilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring