Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar muhokama qilindi

Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar muhokama qilindi

Bugun, 28-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi Ilhom Abdullayev hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

Shuningdek, vazirlik markaziy apparati xodimlari, vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlar xodimlari, hududiy boshqarma boshliqlari ham qatnashdi.

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi I. Abdullayev konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlarning tub mazmun-mohiyati haqida yig‘ilish ishtirokchilariga tushuntirishlar berib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida yangilanishi kutilayotgan Konstitutsiya mamlakatning uzoq yillik taraqqiyot strategiyalari, xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy poydevor bo‘lishi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, Konstitutsiyaviy tuzatishlar jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlariga mansub bo‘lgan fuqarolarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlarini ta’minlashga, himoya qilishga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan normalarga aylanishi aytib o‘tildi.

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan keng ko‘lamli vazifalar, xalqparvar davlatni barpo etish, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada samarali ta’minlash maqsad qilingan. Shu maqsadda mamlakatimizdagi tub islohotlarga mos yangi konstitutsiyaviy-huquqiy makonni yaratish zaruratini yuzaga keltirmoqda.

«Yangi O‘zbekiston — ijtimoiy davlat» tamoyillarini mustahkamlash, turli islohotlar jarayonida inson manfaatlari bosh mezon bo‘lishini ta’minlash, xususiy mulk daxlsizlik, yerga egalik qilish huquqini, fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rnini konstitutsiyaviy darajaga ko‘tarish, davlat hokimiyati asoslarini takomillashtirish dolzarb ekanligi haqida fikrlar bildirildi.

Muhokamalar asosida kechgan yig‘ilishda AKT vazirligi xodimlari ham Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring