Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ruslan Davletov keltirgan ma’lumotlar eski ekani qayd etildi

Ruslan Davletov keltirgan ma’lumotlar eski ekani qayd etildi

Foto: Xabar.uz

Bugun 15-mart kuni AOKAda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining matbuot kotibi Sh.Axmatov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilishicha, ommaviy axborot vositalarida AKT vazirligining ayrim ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar boshqacha talqinda tarqatilgani sabab ushbu ma’lumotlarga aniqlik kiritildi.

Tarqatilgan ma’lumotlar Adliya vaziri Ruslan Davletovning O‘zbekiston Respublikasi Senati yalpi majlisida so‘zlagan nutqidan olingan.

Jumladan, adliya vaziri o‘z nutqida 1 Gigabayt mobil internet (Hindistonda 950 so‘m, Isroilda 1,2 ming so‘m, Qirg‘izistonda 2,2 ming so‘m, Italiyada 4,5 ming so‘m, Ukrainada 4,9 ming so‘m, Qozog‘istonda 5 ming so‘m) O‘zbekistonda esa 16 ming so‘mni tashkil etishini keltirib o‘tgandi.

Ushbu ma’lumotlar https://www.cable.co.uk/ resursidan olingan.

AKT vazirligiga ko‘ra, mazkur ma’lumotlar 2020 yilning fevral oyida shakllantirilgan bo‘lib (aniqrog‘i 2020-yil 24-fevral), hozirgi kundagi ko‘rsatkichlarga mos kelmaydi. Shu bilan birga, mazkur resurs tomonidan O‘zbekistondagi operatorlarning aynan qaysi tarif reja yoki paketlari haqida ma’lumot olinganligi ko‘rsatilmagan.

Ma’lum qilinishicha, https://www.cable.co.uk/ resursining ma’lumotlari quyidagi metodologiya asosida shakllantiriladi:

Har bir davlatdagi barcha aloqa operatorlarining ma’lum xizmati uchun narxlari, ushbu holatda 1 Gigabayt mobil internet trafik narxlari haqida ma’lumotlar olinib, ularning o‘rtacha qiymati (mediana) belgilanadi va reytingga kiritiladi. Tahlil uchun asosan Internet xizmatidan foydalanish uchun mo‘ljallangan tarif rejalar va xizmatlar haqida ma’lumotlar olinadi.

Hozirgi kunda respublikamiz hududida GSM standarti asosida 6 ta mobil aloqa operatori aholiga telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

AKT vazirining matbuot kotibi Sh.Axmatov 2021 yilning mart oyi holati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi mobil aloqa operatorlarining 1 Gigabayt internet trafik uchun eng qimmat, eng arzon va o‘rtacha narxlariga to‘xtalib o‘tdi.

Unga ko‘ra, bugungi kun holatiga respublikamiz aholisining oylik o‘rtacha internet sarfi 4-5 Gigabaytga tashkil etadi. Aynan shu asosda amaldagi mobil internet paketlari narxlarini tahlil qilinganda 1 Gigabayt hajmdagi mobil internet xizmatining o‘rtacha narxi 6-7 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Ta’kidlanishicha, mobil internet xizmatlari narxlarini ya’nada arzonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Qolaversa, 2019-2021 yillarda operator va provayderlarga internet xizmatlari uchun tarif mavjud texnik quvvatlarni keskin oshirish hisobiga operator va provayderlarga xalqaro paketli kommutatsiya markazi (XPKM) orqali taqdim etiladigan 1 Megabit/s tezlikdagi kanal narxi 2 barobarga arzonlashtirildi va xozirgi kunda ushbu xizmat narxi 40 000 so‘m deb belgilangan.

Shu bilan bir qatorda, «O‘zbektelekom» AK tomonidan 2019-2021-yillarda:

  • mobil aloqa abonentlari uchun internet paketlari (1 Megabayt uchun) narxlari 5 barobargacha arzonlashdi hamda kiritilgan internet trafigi hajmi o‘rtacha 3-5 martagacha oshirildi, bir qator tarif rejalarida taqdim etiladigan internet trafik miqdori 30 foizgacha orttirildi;
  • simli internet xizmatlari bo‘yicha jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan internetga keng polosali ulanish xizmatlari tariflari narxi o‘rtacha 4,6 barobarga pasaytirildi va ulanish tezligi 6-7 barobarga oshirildi. Yuridik shaxslar uchun esa internet xizmatlari narxi 3 barobardan ko‘proqqa pasaytirildi, internetga ulanish tezligi esa 4 martagacha oshirildi, barcha abonentlar uchun Uz-IX/Tas-IX tarmoq resurslari orqali foydalanilgan trafik uchun to‘lov olinmaydi, ushbu tarmoqlardan yuqori tezliklarda foydalanish imkoniyati taqdim etildi (misol uchun: tashqi internet tezligi 4 Megabit/s bo‘lgan tarif rejalarda Uz-IX/Tas-IX resurslaridan 100 Megabit/s tezlikda foydalanish imkoni taqdim etilgan).
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring