Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«MIB Portal» elektron dasturi joriy qilindi

«MIB Portal» elektron dasturi joriy qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning 11-avgust kuni Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda Byuro faoliyatida tizimli ravishda yuzaga kelayotgan kamchiliklar va muammolarni oldini olishga qaratilgan o‘quv-seminar o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda Bosh prokuratura Akademiyasining professor-o‘qituvchilari, Majburiy ijro byurosi Markaziy mahkamasi xodimlari, Byuroning barcha viloyat hamda tuman (shahar) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish bo‘limlari inspektorlari, davlat ijrochilari ishtirok etdilar.

O‘quv-seminar davomida Byuro tomonidan ishlab chiqilgan «MIB Portal» elektron dasturi orqali ijro harakatlarini amalga oshirishning samaradorligi, alimentga oid ijro ish yurituvining o‘ziga xos xususiyatlari, ijro hujjatlarini o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlash, faoliyatida tizimli ravishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va yuzaga kelayotgan muammolarning tahlili, ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek mavjud ilg‘or amaliy tajribalarni Byuro faoliyatiga yanada kengroq ommalashtirish masalalari muhokama etildi.

Tadbir yakunida xodimlarga sohaga oid qonunchilikdagi o‘zgarishlar va yangiliklarni mazmuni haqida batafsil tushuntirishlar berilib, viloyat studiyalarida qatnashayotgan ishtirokchilar tomonidan amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan savol-javoblar o‘tkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring