Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Microsoft» odamlar bilan suhbatlasha oladigan sun’iy intellekt yaratdi

«Microsoft» odamlar bilan suhbatlasha oladigan sun’iy intellekt yaratdi

Foto: «Legion Media»

«Microsoft» korporatsiyasi o‘zining «Xiaoice» chatbotini takomillashtirdi. Endilikda u nafaqat suhbatdoshining savollarga javob beradi, balki suhbatni davom ettira oladi ham, deb xabar beradi «Hi-tech.mail.ru».

Ovozli yordamchilar va chatbotlarning inson bilan aloqasini shunday ta’riflash mumkin: «sen qayerga borsang, men ham ortingdan boraman». «Microsoft» odam bilan suhbatlashayotgani uning gapini bo‘lishga va yana suhbatni kelgan joyidan davom ettirishga qodir algoritmni yaratdi.

Dasturchilar ushbu algoritmdan foydalangan holda «Xiaoice» chatbotini yangiladi. Sun’iy suhbatdoshning yangi versiyasi o‘zi bilan gaplashayotgan odam nima demoqchi ekanligini oldindan bashorat qilishi va suhbatga mustaqil kirishib ketishi mumkin. Dasturchilarning so‘zlariga ko‘ra, «Xiaoice» foydalanuvchilar uchun «ochiq, biroq muloyim do‘stga» aylanadi.

Hozircha sun’iy intellektning yangi turi bilan faqatgina Xitoy aholisi suhbatlasha oladi. «Microsoft» mazkur texnologiyani boshqa chatbotlarda, jumladan, Amerikaning Zo yoki Yaponiyaning Rinna botlarida ham sinab ko‘rishni rejalashtirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring