Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiy viloyatida IT Park filiali ochildi

Navoiy viloyatida IT Park filiali ochildi

Foto: «Mitc.uz»

Bugun 17-may kuni Navoiy viloyatida IT Park filiali ochildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda «Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi» MChJ direktori F.Ibragimov hamda Navoiy viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari T.Atamurodov ishtirok etdi.

Shuningdek, mazkur tadbirda maktab o‘quvchilari, talaba yoshlar, axborot kommunikatsiya texnologiyalari soha mutaxassislaridan iborat keng jamoatchilik vakillari hamda IT Parkning rezidentlari ishtirok etdi.

IT Park filialida IT-mutaxassislar, frilanserlar, START-UP jamoalar ishlashi hamda yoshlarga sifatli ta’lim berish uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Binoda Co-working (kovorking), rezidentlar va startapchilar uchun ofis joylari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‘quv xonasi, robototexnika, kibersport, uchrashuvlarni o‘tkazish xonalari va boshqa yordamchi xonalardan tashkil topgan.

Navoiy viloyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi yo‘nalishi bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun tashkil etilgan IT Park Navoiy filiali ham yoshlarni mazkur sohaga qiziqtirish, sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga bir qator imtiyozlarni bergan holda, yanada kengroq va samarali faoliyat olib borishlari uchun keng imkoniyatlarni yaratib beradi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar, loyiha va startaplarni hayotga tadbiq etish, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa sohalarga joriy etishda ko‘prik vazifasini bajaradi.

Filial viloyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat olib borayotgan yuridik shaxslar, oliy ta’lim muassasalari, hozirda Navoiy shahridagi 8-umumta’lim maktabi negizida tashkil etilgan informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabi bilan hamkorlik olib boradi.

Shuningdek, filial qoshida viloyatning har bir shahar va tumanlarida tashkil etiladigan Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari faoliyat olib boradilar. Hozirgi kunda 8 ta shahar va tumanlarda mazkur markazlar tashkil etilgan. Joriy yil yakuniga qadar yana 3 ta shahar va tumanlarda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochiladi. Mazkur markazlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, robototexnika va kibersport yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat olib boradilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring