Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiy viloyatidagi barcha maktab direktorlarining IT-sohasidagi malakasi oshirilmoqda

Navoiy viloyatidagi barcha maktab direktorlarining IT-sohasidagi malakasi oshirilmoqda

Foto: MITC

Navoiy viloyatidagi barcha umumta’lim maktablarining direktorlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida malakasini oshirmoqda. Xatirchi hamda Uchquduq tumanlaridagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida o‘quv seminarlari boshlab yuborildi, deyiladi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli O‘zbekiston 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni (2020-yil 5-oktyabr) hamda «Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori (2020-yil 6-oktyabr)ga muvofiq umumta’lim maktablari direktorlarining IT (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) sohasida bilimlarini rivojlantirish, malakasini oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring