Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiydagi korxona Tcell bilan 1 mln. dollarlik shartnoma imzoladi

Navoiydagi korxona Tcell bilan 1 mln. dollarlik shartnoma imzoladi

Foto: «O‘zbektelekom» AK

«TELECOM DEVICES PRO» MChJ (O‘zbekiston) va «INDIGO TOJIKISTON» YAJ (Tcell savdo markasi) o‘rtasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan telekommunikatsiya mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha 1 mln. dollarlik eksport shartnomasi imzolandi.

Kecha, 22-noyabr kuni «O‘zbektelekom» AK binosida «INDIGO TOJIKISTON» YAJ bosh direktori Ozodxon Davlatshoyev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: «O‘zbektelekom» AK

«O‘zbektelekom» AK bosh direktori N.Hasanov, kompaniyaning istiqbolli rivojlantirish bo‘yicha direktori J.Maqsudov va boshqalar ishtirok etgan uchrashuvda o‘zaro hamkorlik aloqalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida «TELECOM DEVICES PRO» MChJ tomonidan «Navoiy»erkin iqtisodiy zonasi hududida ishlab chiqarilgan telekommunikatsiya uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha 1 million AQSh dollari miqdorida eksport shartnomasini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shartnomaga «TELECOM DEVICES PRO» MChJ bosh direktori N.Rahimov hamda «INDIGO TOJIKISTON» YAJ bosh direktori O.Davlatshoyevlar imzo chekishdi.

Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Navoiy filiali moliyaviy ko‘magida amalga oshiriladi.

Foto: «O‘zbektelekom» AK

«TELECOM DEVICES PRO» MChJ 2012-yilda «O‘zbektelekom» AK ishtirokida «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasi hududida tashkil etilgan. Kompaniyaning asosiy faoliyat turi - CDMA-450 standartidagi mobil va statsionar telefonlar, planshet kompyuterlari ishlab chiqarish. «TELECOM DEVICES PRO» MChJ Markaziy Osiyoda CDMA-450 qurilmalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yagona korxona hisoblanadi.

Shu yilning 20-noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda o‘tkazilgan Sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida bo‘lgandi.

Prezident yarmarkada namoyish etilayotgan mahsulotlar bilan tanishdi, sotuvlar va mahalliylashtirish darajasi bilan qiziqdi. Davlat rahbari mahalliylashtirishni kengaytirish, import qilinadigan qismlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, sifatni ta’minlash orqali xaridorlar sonini ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi.

«TELECOM DEVICES PRO» MChJ mahsulotlari O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida keng namoyish etildi va ushbu muhim shartnoma uning doirasida imzolandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring