Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Nokia» birinchi noutbugini chiqaradi — insayder

«Nokia» birinchi noutbugini chiqaradi — insayder

Foto: «Reuters»

«Nokia» birinchi noutbugini chiqarishi haqida tarmoq insayderlariga asoslanib «Root MyGalaxy» xabar berdi.

Xususan, taniqli insayder Mukul Sharma yozishicha, yaqin orada «Nokia» o‘z noutbugini taqdim etishi kutilyapti. Sharma so‘zining isboti sifatida Hindiston standartlashtirish idorasi (Bureau of Indian Standards) saytida joylashtirilgan «Nokia» brendi ostidagi kompyuterni mamlakatda sotish uchun sertifikat berilgani haqidagi ma’lumotdan skrinshotni «Twitter»da joylashtirdi. Ishlab chiqaruvchi mamlakat sifatida Xitoy ko‘rsatilgan.

Ro‘yxatda qurilmaning bir nechta modellari keltirilgan: NKi510UL85S, NKi510UL82S, NKi510UL810S, NKi510UL165S, NKi510UL1610S, NKi310UL82S, NKi310UL85S, NKi310UL42S va NKi310UL41S. Bloger bundan «Nokia» o‘z kompyuterlarini turkum havola etadi deya xulosa yasagan.

Sharma o‘zi aniqlagan qurilma kompyuter bo‘lib chiqmasligi ehtimoli borligini ham qistirib o‘tgan, chunki «Nokia» qurilmasi «leptoplar, noutbuklar va planshetlar» bo‘limida joylashtirilgan — qurilmalarning texnik xususiyatlari hozircha ochiqlanmagani bois oldindan bir narsa deyish qiyin.

Shunga qaramasdan, Sharmaning o‘zi «Nokia» aynan portativ kompyuter chiqaradi, degan gumonda.

Eslatib o‘tamiz, asosan telefonlar va smartfonlar chiqarib kelgan «Nokia» 2019 yilning dekabrida birinchi televizorini chiqargandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring