Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston startapi $500,000lik investitsiya uchun kurashga qo‘shildi

O‘zbekiston startapi $500,000lik investitsiya uchun kurashga qo‘shildi

Foto: SeedStars

IT-Parkning startap jamoasi – «ArzonApteka» nufuzli «Seedstars» xalqaro tanlovining finaliga chiqdi.

Nursulton shahrida rivojlanayotgan bozorlar uchun eng nufuzli akselerator xalqaro tanlovi #SeedstarsSummitCEE2019ning navbatdagi saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Avvalroq #Seedstars Tashkent19 g‘olibi bo‘lgan «ArzonApteka» loyihasi Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining eng yaxshi 18ta loyihasi sakkizligiga kirdi.

Enldi ushbu startap 2020-yil 27-mart kuni Shveysariyada «Seedstars 2020 Global Sammit»da O‘zbekiston vakili sifatida ishtirok etadi.

Bir hafta ichida startap jamoasi butun dunyoning turli burchaklaridan kelgan 65dan ortiq mamlakat g‘oliblari, sarmoyadorlar va mentorlar bilan uchrashishlari mumkin. Sammitning so‘nggi kunida ular 1000dan ortiq tomoshabin oldida sahnada chiqish qilishlari va asosiy mukofot – $ 500,000 investitsiyalari uchun kurashishlari mumkin bo‘ladi.

«ArzonApteka»  – bu O‘zbekistondagi dorixonalarda dori-darmonlarni topish xizmati bo‘lib, u dori-darmonning narxi va mavjudligini, dorixonaning joylashgan joyi va raqamini aniqlashga yordam beradi. «Xabar.uz» ushbu startap vakili bilan maxsus videointervyu uyushtirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring