Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbektelekom» AK yangi «Uz-IX» piring tarmog‘ini ishga tushirmoqda

«O‘zbektelekom» AK yangi «Uz-IX» piring tarmog‘ini ishga tushirmoqda

Foto: «Xabar.uz»

2017-2019-yillarda Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirish bo‘yicha kompleks dasturni amalga oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-avgustdagi «Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni yanada rivojlantirish chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida «O‘zbektelekom» AK «Uz-IX» piring tarmog‘i bo‘yicha loyihani yo‘lga qo‘ydi.

«O‘zbektelekom» AK «Uz-IX» piring tarmog‘ining tashkil etilishi jahonda ommabop internet-resurslar va portallarni mahalliylashtirish, shuningdek, internet tarmog‘iga ulanish xizmatlarining arzonlashishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan yuqori sifatli milliy kontentni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni shakllantirish imkonini beradi.

Xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda, mamlakat hududida internet-trafikning mahalliylashtirilishi kamida 60 foizni tashkil etadi. Mazkur loyihani O‘zbekistonda amalga oshirish xalqaro internet kanalni yuklab olishni optimallashtirish va internet-resurslarning oqilona taqsimlanishini ta’minlaydi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda xorijiy kinolar, teleseriallar va boshqalar ko‘rinishidagi sifatli, litsenziyalangan media kontentni taqdim etuvchi Rossiyaning ivi onlayn-kinoteatri hamda O‘zbekistondagi eng yirik media-kontent provayderlaridan biri bo‘lgan «O‘zbektelekom» AK o‘rtasida qo‘shma loyiha tijorat maqsadlarida foydalanishga topshirildi. Bu haqda batafsil: https://ivi.uztelecom.uz/

«Uz-IX» tarmog‘i – bu «O‘zbektelekom» AK boshqaruvidagi infratuzilma bo‘lib, unda barcha ishtirokchilar (piring hamkorlari) bir-birlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri trafik almasha oladilar.

Piring tarmog‘ining ishtirokchisi internetdan foydalanish bo‘yicha xizmatlar (internet-provayderlar, mobil aloqa operatorlari), xosting xizmatlari (kontent provayderlari), media-kontentga ulanish xizmatlarini taqdim etuvchi xizmat ko‘rsatish va faoliyati uchun tegishli amaldagi litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxs bo‘lishi mumkin.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, «Uz-IX» yangi piring tarmog‘i amaldagi «TAS-IX» piring tarmog‘ining muqobili emas yoki uning o‘rniga yaratilmadi. «O‘zbektelekom» AK avvalgidek «TAS-IX» NNT a’zosi va MUTO‘HM almashuv punkti foydalanuvchisidir.

«Uz-IX» tarmog‘iga ulanish masalalari va tarif rejalari bo‘yicha bog‘lanish uchun raqamlar: (71) 239-37-68 (Bahodir Nosirov).

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring