Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbektelekom» ikki tarif rejasida tezlikni 1,5 baravarga oshirdi

«O‘zbektelekom» ikki tarif rejasida tezlikni 1,5 baravarga oshirdi

Foto: «O‘zbektelekom»

«O‘zbektelekom» AK 2019-yil 24-iyuldan UNLIM seriyasining ayrim tarif rejalariga o‘zgartirishlar kiritgani haqida xabar bergandik. Kompaniya matbuot xizmatining bugungi xabariga ko‘ra, 2019-yil 27-iyuldan UNLIM 4 va UNLIM 6 tarif rejalariga ham o‘zgartirishlar kiritiladi.

Xususan, bu tarif rejalarida internet tezligi bir yarim baravarga oshirilishi va oylik abonent to‘lovi o‘zgarmay qoldirilishi aytilgan.

Endi 6 Mbit/s. tezlikdagi cheksiz internet narxi — 99 000 so‘m, 10 Mbit/s. tezlikdagi tarif rejasi — 119 000 so‘mni tashkil etadi.

2019-yil 27-iyuldan boshlab UNLIM 4 va UNLIM 6 tarif rejalaridan foydalanuvchi abonentlar uchun ulanish tezligi bir yarim baravarga ortadi va mos ravishda 6 va 10 Mbit/s ni tashkil qiladi. Va bu, albatta, abonent to‘lovidagi o‘zgarishlarsiz!

Internetga ADSL texnologiyasi orqali ulangan UNLIM tarif rejasidagi abonentlar uchun tarifning arzonlashtirilgan narxi 99 000 so‘mni tashkil qiladi. Yangi narx 2019-yil 27-iyuldan boshlab keyingi hisobot davrining birinchi kunidan amal qiladi (har bir abonent uchun alohida shaklda).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring