Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pavel Durov Rossiyaga O‘zbekistonni namuna qilib ko‘rsatdi

Pavel Durov Rossiyaga O‘zbekistonni namuna qilib ko‘rsatdi

Telegram asoschisi Pavel Durov Rossiyada kriptovalyutalarni taqiqlashning salbiy oqibatlari haqida ogohlantirdi.

Uning qayd etishicha, Rossiya Markaziy bankining kriptovalyutalarni taqiqlash taklifi IT-mutaxassislarining mamlakatdan chiqib ketishiga olib keladi va yuqori texnologiyali iqtisodiyotning qator tarmoqlarini o‘ldiradi.

«Hech bir rivojlangan davlat kriptovalyutalarni taqiqlamaydi. Sababi, bunday taqiq muqarrar ravishda blokcheyn texnologiyalarining rivojlanishini sekinlashtiradi.

Rossiyaning qo‘shnilari, Ukrainadan tortib O‘zbekistongacha rivojlangan davlatlar qatorida blokcheyn sohasida ilg‘or qonunlarni qabul qilishmoqda. Bu davlatlar texnologik va iqtisodiy taraqqiyotdan chetda qolib ketishni istamaydi», deydi Pavel Durov.

Mutaxassisning qayd etishicha, Rossiya bugungi kunda blokcheyn sanoatida yuqori malakali mutaxassislar soni bo‘yicha yetakchilardan biri hisoblanadi.

«Kriptovalyutalar muomalasini moliyaviy organ tomonidan tartibga solish istagi tabiiydir. Biroq, Rossiya Markaziy bankining kriptovalyutalarni butunlay taqiqlash taklifi vijdonsiz o‘yinchilarni to‘xtatib qolishi dargumon, lekin Rossiyaning bu sohadagi qonuniy loyihalariga chek qo‘yishi tayin», deydi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston rezidentlariga kriptovalyuta sotib olish va sotishga ruxsat berilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring