Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qozog‘iston tajribasini o‘rganishdan manfaatdormiz» — Bahrom Ziyayev

«Qozog‘iston tajribasini o‘rganishdan manfaatdormiz» — Bahrom Ziyayev

Foto: Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi

So‘nggi yillarda mamlakatni raqamlashtirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda aholi farovonligini yaxshilash maqsadida olib borilayotgan xalqaro hamkorliklar bugun o‘z natijasini bermoqda.

Kuni kecha Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazida Qozog‘iston Respublikasining «Zerde» Milliy infokommunikatsiya xoldingi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ham ushbu jihatlarga alohida to‘xtalib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi direktori Bahrom Ziyayev va Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi direktori Baxtiyor Uglamov «Zerde» xoldingi boshqaruv raisi o‘rinbosari Marlen Sixayev boshchiligidagi mehmonlarni ikkala markaz faoliyati va amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishtirishdi.

Foto: Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi

«Elektron hukumatini rivojlantirishda yaxshi ko‘rsatkichga erishgan Qozog‘iston tajribasini o‘rganishdan manfaatdormiz. Raqamli pasport, Face ID, aholi uchun eng dolzarb bo‘lgan elektron davlat xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish, elektron hukumatning boshqa ustuvor yo‘nalishlarida tajribangiz va takliflaringiz bilan o‘rtoqlashishingiz biz uchun muhim» – deydi markaz rahbari Bahrom Ziyayev.

Uchrashuv davomida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, o‘zaro tajriba almashish, istiqboldagi rejalarni amalga oshirishda har ikki tomon bir-birini qo‘llab-quvvatlashga kelishib olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring