Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurilish sohasida AKTni rivojlantirish markazi tuzilmasi tasdiqlandi

Qurilish sohasida AKTni rivojlantirish markazi tuzilmasi tasdiqlandi

Foto: «textman.ru»

«O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Hukumat qarori (69-son, 08.02.2020-y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qaror bilan Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi tuzilmasi tasdiqlandi.

Qurilish vaziriga, zarurat bo‘lganda, markaz tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi.

Markaz direktori va o‘rinbosari qurilish vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

Ma’lumot uchun, Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi Prezidentning 2019-yil 20-sentyabrdagi PQ-4464-son qaroriga asosan tashkil etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring