Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Respublikamiz viloyatlarida 15-avgustdan TV «ko‘rsatmay» qolishi mumkin. «UZDIGITAL TV» bunga yechim taklif etmoqda (video)

Xabaringiz bor, joriy yilning 15-avgustidan qator stansiyalarda DVB-T standartida ishlovchi uzatgichlar o‘chiriladi. MTRK telekanallarini raqamli televideniyening DVB-T2 standartida ko‘rish mumkin bo‘ladi.

«UZDIGITAL TV» kompaniyasi DVB-T2 standartida ishlovchi qurilmalarni qulay shartlarda muddatli to‘lovga xarid qilishni taklif qiladi.

Buning uchun siz O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishingiz (faqat jismoniy shaxslar uchun) va quyidagi xujjatlarni taqdim etishingiz kifoya:

1) Shaxsni tasdiqlovchi xujjat (pasport)

2) INN (soliq to‘lovchi shaxsning identifikatsiya raqami)

15 % boshlang‘ich to‘lov evaziga qurilmalarni 3 yoki 6 oy muddatga xarid qilishingiz mumkin.

Muddatli to‘lovga qurilma xarid qilish uchun quyidagi savdo bo‘limlariga murojaat qilishingiz lozim:

  • Farg‘ona sh., B. Marg‘inoniy ko‘chasi 30-«B» uy;
  • Andijon sh., Bobur shoh ko‘chasi 22-«B» uy;
  • Namangan sh., Nodira ko‘chasi 1-uy;
  • Samarqand sh., Pochta ko‘chasi 5-uy;
  • Navoiy sh., Islom Karimov ko‘chasi, 3-«A» uy;
  • Buxoro sh., B. Naqshband ko‘chasi 40-uy;
  • Qarshi sh., Mustaqillik shox ko‘chasi 19-uy;
  • Urganch sh., Yangi Urganch ko‘chasi 1-uy;
  • Nukus sh., Yernazar Alako‘z ko‘chasi 20-uy;
  • Jizzax sh., Sh. Rashidov ko‘chasi 46-uy.

Batafsil ma’lumot kompaniya savdo bo‘limlarida yoki 1065 qisqa raqami orqali.

«UZDIGITAL TV»ga ulaning va tomosha qilib zavqlaning.

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring