Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Robotdan tortib inkubatorgacha... AKT vaziri Boysundagi IT-markazda bo‘ldi (foto)

Robotdan tortib inkubatorgacha... AKT vaziri Boysundagi IT-markazda bo‘ldi  (foto)

Foto:«Xabar.uz»

Kuni kecha, 26-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov soha korxona, tashkilot va muassasalari rahbarlari bilan birgalikda Surxondaryo viloyatida bo‘ldi.  AKT vaziri rahbarligidagi jamoa Boysun tumani hokimi Asqarali Jo‘rayev hamrohligida  Boysundagi IT-markaz faoliyati bilan tanishdi.

Foto:«Xabar.uz»
Foto:«Xabar.uz»

Boysun telekommunikatsiyalar bog‘lamasida AKT vazirligi Ishchi guruhining avvalgi o‘rganishlaridan so‘ng ancha o‘zgarishlar bo‘libdi. Bog‘lama binosi ta’mirdan chiqarilgan. E’tiborimizni, bog‘lama hududida qancha daraxt ekilgani haqidagi panno o‘ziga tortdi. Bu yerda jami 256 ta daraxt bor, ularning hammasi nazoratga olingan va javobgar shaxslar belgilanib, telefon raqamlarigacha yozib qo‘yilgan. Har qancha targ‘ib qilishga arziydigan ibratli tashabbus. Mijozlarga pochta va barcha telekommunikatsiya xizmatlari shu yerning o‘zida ko‘rsatiladi. Bog‘lama boshlig‘i G‘ayratjon G‘affarov yetakchiligidagi jamoa  sifatli xizmat ko‘rsatishga intilmoqda.

Foto:«Xabar.uz»
Foto:«Xabar.uz»
Foto:«Xabar.uz»

IT-markazda hayot qaynaydi. Aytish mumkinki, ushbu markazning ochilishi boysunlik yoshlarning g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shib yubordi. Markazda yoshlar til o‘rganishi, robotexnika bilan shug‘ullanishi, kibersport o‘yinlarini o‘zlashtirib, tanlovlarda qatnashishlari, dasturchi, frilanserlik singari ilmlarini egallab, «ayti» sohasida o‘z o‘rinlariga, mablag‘ topish imkoniyatlariga ega bo‘lishlari mumkin.

Ochilganiga ko‘p bo‘lmasa-da, markazda 96 nafar talabgorlar zamonaviy kasb sirlarni o‘rganishga ulgurishdi. Markaz menejeri Sanjar Obidov qisqa vaqt davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida gapirib berdi. Tumandagi 2-maktabning 10-sinf o‘quvchisi, IT-markaz faollaridan biri Bobur Ismoilov tashabbuskorligida bir guruh yoshlar uch tilda ma’lumot beradigan robot yasashgan. Hozir uni takomillashtirish ustida izlanishmoqda.

Foto:«Xabar.uz»

Boysunlik Husan Abduqahhorov ham ixtirochi yoshlardan. Uning aytishicha, 7-sinfida o‘qib yurgan kezlaridan boshlab inkubator yasashga qiziqishi baland bo‘lgan. Hozirda esa 50 tadan tortib 1000 taga tuxumni ochtiradigan inkubator uskunalarini yasamoqda. Uskuna haroratni 37,8 darajada ushlab turadi, mabodo svet o‘chib qolsa, akkumlyatori olti soat vaqt davomida elektr energiya bilan ta’minlaydi.

- Keyingi ikki oy davomida buyurtmalar soni sezilarli oshdi, - deydi Husan.- Oilaviy korxona ochdik. Tuman hokimligi yordam berayotgandi bu ishlarda. Mana bugun AKT vazirligi rahbariyati biz yasagan uskunalar bilan tanishdi, ayrim butlovchi qismlarni olishimizda ko‘mak bermoqchi.

Foto:«Xabar.uz»

Tanishuv davomida AKT vaziri Shuhrat Sodiqov markaz o‘quvchilari bilan suhbatlashdi, ularga yana qanday yordam kerak bo‘lsa, tayyorligini bildirdi. Markaz faoliyatini yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Boysun tumani hokimi Asqarali Jo‘rayev markaz faoliyatidan xursandligini yashirib o‘tirmadi. Markaz yordamida «Yoshlar daftari»ga kirganlar yoshlar, nogironligi borlar beminnat o‘qilayotgani, ayniqsa, patronaj hamshiralarining «ayti» jihozlaridan foydalanishni o‘rgatishgani uchun markaz xodimlariga minnatdorlik bildirdi.

Foto:«Xabar.uz»
Foto:«Xabar.uz»

Shu yerning o‘zida Surxondaryo viloyati elektromagnit moslashuv xizmati o‘zining taqdimotini o‘tkazdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring