Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya «Microsoft»ga tegishli IP-manzillarni bloklashga o‘tdi

Rossiya «Microsoft»ga tegishli IP-manzillarni bloklashga o‘tdi

Foto: «NV.ua»

«Roskomnadzor» «Microsoft»ga tegishli «Azure» bulutli xostingidagi bir necha o‘n ming IP-manzillarni taqiqlangan saytlar reyestriga kiritdi, deb xabar beradi «NV.ua».

«Roskomnadzor» 131 mingta IP-manzil o‘rin olgan 51.136.0.0/15 tarmog‘ini bloklashni buyurdi. IP-manzillarning rasmiy ro‘yxatidada «Azure» data markazi — 51.136.0.0/17 ham o‘rin olgan («Roskomnadzor» tomonidan bloklangan diapazonga kiruvchi 32 ming manzil). Reyestrga kiritilgan qolgan manzillar ham «Microsoft»ga tegishli.

«Azure» platformasidan ma’lumotlarni saqlash, onlayn-loyihalar va dasturiy ta’minot bilan ishlash algoritmlarida qo‘llaniladi.

Eslatib o‘tamiz, «Roskomnadzor» «Telegram» messenjerini bloklashga urinishi ortidan Rossiyadagi ko‘plab saytlarni ishdan chiqarib qo‘ymoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring