Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Samsung» 2021-yilda sotuvga chiqaradigan ilk smartfonlar ma’lum bo‘ldi

«Samsung» 2021-yilda sotuvga chiqaradigan ilk smartfonlar ma’lum bo‘ldi

Foto: «Samsung»

«Samsung» kompaniyasi relizi 2021-yilning boshlanishiga belgilangan android-smartfonlari haqida ma’lumot berdi. Bular boshlang‘ich bosqichga mansub «Galaxy A12» va « Galaxy A02s» modellari, deya xabar berdi «The Verge».

«Samsung Galaxy A12»

«Samsung Galaxy A12».  Foto: «Samsung»

Galaxy A12 — 2020-yil yozida chiqqan A11ning izdoshi: 6,8-dyuymli HD+ ekran, 8 megapikselli selfi-kamera, 8 yadroli protsessor, 5000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega. Asosiy kamerasi to‘rttalik: 48 megapikselli bosh kamerasi bilan yonma-yon 5 megapikselli keng burchakli kamera hamda kadr chuqurligi va makrosuratlar uchun bir juft 2 megapikselli kamera o‘rnatilgan. Barmoqlarni skanerlash vazifasi smartfon yonidagi klavishga yuklangan.


«Samsung Galaxy A02s»

«Samsung Galaxy A02s».  Foto: «Samsung»

Galaxy A02s smartfoni ham yuqoridagi kabi ekran va akkumulyatorga ega, biroq tezkor va doimiy xotirasi kichik — 3 GB va 32 GB (buni microSD-karta hisobiga oshirish mumkin). Asosiy kamerasi imkoniyatlari ham cheklangan: bosh kamerasi — 13 megapikselli, «keng burchaklar» umuman yo‘q, 2 megapikselli kameralari esa bir xil. Qolaversa, A02s smartfoni USB-C bilan emas, balki «ma’nan eskirgan» microUSB-port bilan taqdim etilayotgani ta’bingizni xira qilishi mumkin. Bu telefonda barmoqlarni skanerlash ham yo‘q.

Yevropa bozorlarida Galaxy A12 2021-yilning yanvar oyida, A02s esa fevralda paydo bo‘lishi kutilyapti. A12 asosiy modeli (3/32 GB) narxi 179 yevro, A02s narxi esa 150 yevrodan boshlanadi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring