Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryoda navbatdagi markaz ochildi

Sirdaryoda navbatdagi markaz ochildi

Foto: «Mitc.uz»

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda respublika miqyosida «Axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazlari»ni tashkil etishni davom ettirmoqda. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu ishlar Prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-yo‘nalishi — Aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni axborot texnologiyalari sohasidagi tadbirkorlikka jalb qilish doirasida amalga oshirilmoqda.

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni doirasida Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida navbatdagi Axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi sanitariya-epidemiologiya talablarga rioya etilgan holda ochildi.

Markazda ko‘rkam va shinam xonalar tashkillashtirilgan, zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlandi. O‘quv markazi yoshlarimizga axborot texnologiyalari, dasturlash, robototexnika, kibersport asoslari va elektron tijorat sohasida innovatsion tadbirkorlik yo‘nalishida o‘quv kurslari tashkil etiladi. Farzandlarimizni 3 yosh turkumida, ya’ni 9-15, 16-19 hamda 20-25 yoshda, bosqichma-bosqich axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ilg‘or mutaxassislar sifatida tayyorlash maqsad qilib belgilangan.

Qolaversa, markazda yoshlarni kompyuter sportiga (kibersportga) jalb qilish, kibersport qoidalarini o‘rgatish, turli o‘yinlar bo‘yicha guruhlarni shakllantirish, jamoaviy o‘yinlar amaliyotini tashkil etish, respublika miqyosida musobaqalar o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring