Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Smartfonlardan qancha oltin ajratib olish mumkin?

Smartfonlardan qancha oltin ajratib olish mumkin?

Xitoyning Elektron jihozlar texnologiyalarini ishlab chiqish va foydalanish assotsiatsiyasi hamda Atrof-muhitni muhofaza etish tashkiloti birgalikda «Xitoydagi chiqindilar uchun aylanma iqtisodiyot potensiali haqida hisobot»ni e’lon qilishdi. Unda, jumladan, mobil qurilmalarni qayta ishlash bo‘yicha ham qiziq ma’lumotlar mavjud, deb yozadi «Terabayt».

Hisobotga ko‘ra, Xitoyda elektron mahsulotlarni utilizatsiya qilish darajasi ancha past ekan. Masalan, o‘z xizmatini o‘tab bo‘lgan smartfonlarning atigi 2 foizigina qayta ishlashga jalb etiladi, deyiladi unda. Shuningdek, hujjatda ta’kidlanishicha, qimmatbaho metallarni elektronika jihozlaridan ajratib olish ularni sayyoramiz bag‘ridan qazib olishga qaraganda qulayroq va iqtisodiy jihatdan foydaliroq bo‘ladi.

Agarda birlamchi oltin konsentratining bir tonnasi tarkibida 10 grammdan oshiq tilla mavjud bo‘lsa, uni birinchi toifali mahsulot sifatida sertifikatlash mumkin. Smartfonlarning (akkumulyatorsiz holda) esa bir tonnasida 270 grammdan ortiq oltin bo‘ladi!

Mobil devayslar platalaridagi tillani ajratib olish esa an’anaviy oltin qazib olishdan ko‘ra 20-65 foizga kam xarajat talab etadi. Raqamlarga ko‘ra, eski elektronika buyumlari tarkibida o‘rta sifatli konlardagi rudalar tarkibidagidan ko‘ra ko‘proq oltin mavjud.

Xitoy hukumati buni yaxshi anglab yetgan va devayslarni utilizatsiya qilish ishlarini tizimli tartibda takomillashtirmoqchi. 2030-yilga borib, ishdan chiqqan kompyuter va smartfonlarni qayta ishlash darajasini 85 foizga yetkazish ko‘zlanmoqda. Bunda qayta ishlangan metallarning umumiy qiymati 19 milliard AQSh dollariga yetadi. Natijada esa ruda qazib olish bilan solishtirganda, taxminan 30 milliard kilovatt-soat energiyani tejash imkonini beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring