Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TATU talabalari universitetning telegram-botini yaratishdi

TATU talabalari universitetning telegram-botini yaratishdi

Foto: «Kapital.kz»

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining bir guruh dasturchi talabalari telegramda universitetning «TATU_ONLINEBOT» axborot botini yaratishdi.

Bot asosan universitet talabalariga qulaylik yaratish uchun mo‘ljallangan. Bot yordamida rektorat, dekanat, fakultetlar, kafedralar, yoshlar ittifoqi, guruhlar, dars jadvallari, oraliq nazorat, yakuniy nazorat va shu kabi muhim ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin. Shuningdek, botda rektorat, dekanat, kafedralar, yoshlar ittifoqida ish faoliyatini olib borayotgan har bir xodim haqida to‘liq ma’lumot keltirilgan. Shuningdek, fakultetlardagi guruhlar dars jadvallari, imtihon vaqtlari ham botning ma’lumotlar bazasidan joy olgan.

—Bugungi kunda deyarli barcha talabalarimizda telegram messenjeri mavjud. Shuni inobatga olib, talabalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida ushbu botni ishga tushirdik. Botni maxsus dasturlash tillarida o‘zimiz qo‘lda yozib chiqyapmiz. Yana ko‘plab funksiyalar qo‘shish rejalarimiz bor – deydi botni yaratuvchilaridan biri Zuhriddin Ziyadullayev.

Ayni vaqtda ushbu telegram bot (@TATU_ONLINEBOT) ishlab turibdi. U orqali TATU va uning faoliyati haqida kerakli ma’lumotlarni olishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring