Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TATU xalqaro sertifikatlash markazi bilan shartnoma tuzdi

TATU xalqaro sertifikatlash markazi bilan shartnoma tuzdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining «Kompyuter injiniringi» fakulteti «Axborot texnologiyalari» kafedrasi katta o‘qituvchisi T.Xo‘jaqulov Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan «Oracle» kompaniyasining «Oracle Academy Day» konferensiyasida qatnashdi. Bu haqda TATU matbuot xizmati xabar berdi.

Konferensiya doirasida «Oracle Academy» qoshida tashkil etilgan axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha biznes maktabga tashrif buyurildi, IT-Hab bo‘yicha mahorat darslari bilan tanishildi.    

Foto: TATU matbuot xizmati

T.Xo‘jaqulov konferensiya doirasida «Oracle» kompaniyasining Rossiya hamda Markaziy Osiyodagi direktori O.Jukov bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlik haqida kelishib oldi. Shuningdek, dasturlash tillari hamda «Microsoft», «Cisco», «Oracle» va boshqa kompaniyalar sertifikatini olish uchun sertifikatlash markazi bilan hamkorlik shartnomasi tuzildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, TATUda «Oracle» kompaniyasi bilan hamkorlikda «Oracle Academy» labaratoriyasi ochilgan edi.

«Oracle Academy» — dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar orasida «Microsoft»dan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan «Oracle»ning axborot texnologiyalarini uzluksiz o‘rgatish uchun barcha zarur resurslarni taqdim etuvchi ta’lim tashabbusi hisoblanadi.

Har yili «Oracle Academy» kurslarida 120 mamlakatda 3,5 million nafardan ortiq talaba ta’lim oladi. Akademiya dasturlari yoshlarga haqiqiy hayotga tayyorgarlik ko‘rish va zamonaviy global iqtisodiy sharoitlarda ishlashga yordam beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring