Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TATU Yaponiya bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda (foto)

TATU Yaponiya bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda (foto)

Foto: TATU

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori T.Teshaboyev va Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i J.Abdujalilov Yaponiyada bo‘lib, bir qancha ilg‘or universitetlar bilan o‘zaro hamkorlikka kelishib olishdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati ma’lum qildi.

Nagoya universitetida o‘tkazilgan uchrashuv doirasida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida AKT sohasida (Kompyuter injiniring, Dasturiy injiniring va Axborot xavfsizligi mutaxassisliklari) Sandwich program qo‘shma magistratura tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Foto: TATU
Foto: TATU

Shibaura texnologiya institutidagi muzokaralar davomida bakalavriaturada tahsil olayotgan talabalar almashinuvini joriy etishga kelishib olingan. Shuningdek, hamkorlik doirasida TATU yosh professor o‘qituvchilari va magistrantlari qisqa muddatli ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanish uchun Shibaura texnologiya institutiga yuboriladi.

Foto: TATU
Foto: TATU

TATU delegatsiyasi Keyo universiteti professorlari Kan Suzuki, Jun Murai, Masahito Kavamori bilan uchrashuv chog‘i shu universitetning fan va texnologiyalar fakulteti bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolagan.

Foto: TATU
Foto: TATU

Ushbu hamkorlikka ko‘ra, Keyo universiteti professorlari TATUda amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar bilan yaqindan tanishish va hamkorlikda ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun O‘zbekistonga kelishlari rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring