Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

TATUning Urganch filialida Workshop dasturi tashkil etildi

TATUning Urganch filialida Workshop dasturi tashkil etildi

Foto: «Mitc.uz»

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filialida «Modellashtirishga asoslangan dasturiy injiniring sohasida ilg‘or usullar» workshop dasturi bo‘lib o‘tmoqda.

Workshop — «O‘zbekiston-Germaniya 2016» dasturining davomi sanalib, Germaniya federal ta’lim vazirligi ko‘magida tashkil etildi.

Workshop dasturiga «Smart modeling», ya’ni «Aqlli modellashtirish» ilmiy loyihasi asosiy masala sifatida kiritilgan. Ushbu dastur TATU va Oldenburg universitetining dasturiy injiniring guruhi hamkorligi doirasidagi loyiha bo‘lib, hamkor oliygohlar o‘rtasida tajriba almashuvini nazarda tutadi.

Workshop dasturida modellashtirish injiniringida ehtiyojga asoslangan rivojlanish texnikasi, usullari va ilmiy yangiliklari, aqlli modellashtirish texnikasi tatbiqi kiritilgan bo‘lib, ularni kelajakda intensiv dasturlash tizimlariga yo‘naltirish masalalari ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring