Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Time» yakunlanayotgan o‘n yillikning eng yaxshi gadjetlarini e’lon qildi (foto)

«Time» yakunlanayotgan o‘n yillikning eng yaxshi gadjetlarini e’lon qildi (foto)

Foto: «Time»

2010-yildan beri minglab aqlli qurilmalar ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, sanoqlilarigina o‘zidan iz qoldira oldi, nafaqat o‘tgan o‘n yillik, bo‘lg‘usi o‘n yillikda ham ularning «nafasini» sezib turamiz. Nufuzli «Time» nashri ana shu sanoqli, ammo eng zo‘r qurilmalardan top-10 reytingini tuzdi.

Taymchilar 1-o‘rinni «Apple iPad»ga ravo ko‘rishdi: aytishmoqdaki, aypadlar shaxsiy kompyuterlar sohasida jiddiy siljishga sabab bo‘lib, kelgusi o‘n yillikda portativ qurilmalar qanday bo‘lishini belgilab berdi.

2-o‘rinda — avtomobil sanoatida burilish yasagan, 2012-yilda chiqarilgan «Tesla Model S» elektromobili.

3-o‘rinda esa «Raspberry Pi» minikompyuteri, shu mitti qutichaga robototexnikadan tortib, xonadonlarni avtomatlashtirishgacha jo bo‘lgan.

Top-10 ga, shuningdek, «Nintendo Switch» konsoli va «Xbox Adaptive Controller» — jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar kontroller kiritildi. «Apple»ning yana ikki ishlanmasi — «AirPods» simsiz quloqchinlari va «Apple Watch» aqlli soatlari o‘z yo‘nalishlari pionerlari sifatida o‘tgan o‘n yillikning eng zo‘r qurilmalari qatoridan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, «Verge» talqini bo‘yicha o‘tgan o‘n yillikning eng yaxshi qurilmalari ro‘yxatiga 2010-yilda chiqarilgan «iPhone 4» hamda «Samsung Galaxy S6» smartfonlari, «Tesla Model S» elektrokari kiritilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring