Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Twitter» yangi funksiyani ishga tushirdi

«Twitter» yangi funksiyani ishga tushirdi

Foto: «Fortune»

«Twitter»da foydalanuvchilarning xabarlarga javoblarini yashirish imkonini beradigan funksiya sinovdan o‘tdi va endi butun dunyodagi foydalanuvchilarga taqdim etiladi. Bu haqda kompaniya veb-saytida ma’lum qilindi.

Kompaniya tushuntirishicha, bu funksiya foydalanuvchi tomonidan suhbatlar va hisoblar ustidan nazoratni kuchaytirish va unga muloqot paytida o‘zini xavfsiz va qulay his etishi uchun joriy qilingan.

Endi xizmatning ro‘yxatdan o‘tgan har bir foydalanuvchisi o‘z tvitlariga javoblarni yashirishi mumkin. Javoblar kulrang belgi bilan belgilanadi, ularga bosish orqali odamlar mazmuni bilan tanishishlari, «yashirilganlariga» javob berishlari mumkin.

Shunday qilib, yuzerlar endi davom etayotgan suhbatlarni yaxshiroq boshqarish imkoniyatiga egalar, ammo boshqa foydalanuvchilar baribir suhbatni to‘liq ko‘ra oladilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring