Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ucell bilan davlat xizmatlari yanada qulayroq bo‘ladi

Ucell bilan davlat xizmatlari yanada qulayroq bo‘ladi

«COSCOM» MChJ hamda «Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi» davlat muassasasi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolashdi.

Memorandumni imzolashning asosiy maqsadi abonentlarga va aholiga onlayn xizmatlar ko‘rsatish uchun zarur ma’lumotlar almashish, axborot texnologiyalarining istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdir.

Tomonlarning hamkorligi Ucell ma’lumotlar bazalari va Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazining axborot tizmlarini integratsiyasini amalga oshirishga imkon beradi. Tizmlar abonentlarga xavfsiz xizmat ko‘rsatishga, shuningdek elektron hukumat xizmatlaridan onlayn foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan, bu pandemiya paytida ayniqsa muhimdir.

O‘tkirxo‘ja Rixsixo‘jayev, Ucell kompaniyasi Bosh direktorning savdo bo‘yicha o‘rinbosari v.b.:

— Fuqarolar va hukumat o‘rtasidagi munosabatlar qancha yaxshi bo‘lsa, fuqarolarning davlat idoralariga ishonchi shunchalik yuqori bo‘ladi. Elektron hukumat holati va davlatning rivojlanish darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni har ikki yilda bir marta nashr etiladigan BMTning «Elektron hukumat» tadqiqotlari tasdiqlaydi. Bugungi kunda O‘zbekistondagi ko‘plab operatsiyalar uydan chiqmasdan amalga oshirilishi mumkin. Pandemiya yana bir bor onlayn jarayonlarni optimallashtirish muhimligini va zarurligini isbotladi. Ucell hamkorlik samarali bo‘ladi deb umid qiladi.

Bahrom Ziyayev, Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi rahbari:

— Raqamli texnologiyalar insoniyat kelajagi. Ushbu texnologiyalar inson va davlat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga hissa qo‘shadi. Ma’lumotlarni raqamlashtirish ishlarni optimallashtiradi va mamlakatning rivojlanish ko‘rsatkichlarini oshiradi. Bizning maqsadimiz elektron shaklda kafolatlangan va tezkor xizmatlar ko‘rsatish orqali mamlakat aholisi hayotini iloji boricha yengillashtirishdir, bu foydalanuvchilarga vaqt, pul va resurslarni tejashga imkon beradi. Biz davlat idoralarida raqamli rivojlanishni qo‘llab-quvvatlaganlari uchun Ucellga minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Ucell joriy etilib kelinayotgan zamonaviy texnologiyalar yordamida hayotning eng yaxshi tarafi hamma joyda va barcha uchun foydali bo‘lishiga intiladi va hamkorlik istiqbollariga katta optimizm bilan qaraydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring