Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ucell. Xalqaro darajadagi mehnat xavfsizligi yana bir bor tasdiqlandi

Ucell. Xalqaro darajadagi mehnat xavfsizligi yana bir bor tasdiqlandi

Foto: «Ucell»

Sog‘liqni saqlash va mehnat xavfsizligini ta’minlash tizimini doimiy ravishda takomillashtirish, xalqaro va milliy standartlarga muvofiqlashtirish, shuningdek, biznes jarayonlarini takomillashtirish «COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri.

OHSAS yoki Occupational Health & Safety Management Systems – sog‘liqni saqlash va mehnat xavfsizligini boshqarish tizimi.

Joriy yilning 6-8 iyul kunlari Ucell Shveysariyaning SGS Tashkent (Société Générale de Surveillance) kompaniyasi tomonidan OHSAS 18001:2007 xalqaro standarti talablariga muvofiqligi bo‘yicha ikkinchi nazorat auditi o‘tkazdi. Nazorat auditi natijalariga ko‘ra xavfsizlik tizimida nosozliklar aniqlanmadi, muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati keyingi yilgacha uzaytirildi.

Bu safar tekshiruv Bosh ofisning ishlab chiqarish maydonlari va «Ucell-Navoiy», «Ucell-Termiz» va «Ucell-Qarshi» bo‘limlarini jalb etdi.

Mamlakatdagi epidemiologik vaziyat munosabati bilan audit hozirgi sharoitga maksimal darajada moslashtirildi va sanitariya me’yorlariga muvofiq ravishda tashkil etildi.

Ochiq yig‘ilishda faqat auditorlik tekshiruvida bevosita ishtirok etadigan bo‘lim rahbarlari qatnashdilar.

Shavkat Rajabaliyev, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik bo‘yicha etakchi muhandis:

– Ushbu auditni o‘tkazish xodimlarning mehnatni muhofazasi borasida vakolatlarini oshirish, shuningdek sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish samaradorligini oshirish va xavfsizlikni ta’minlash uchun muhimdir. Xavfsizlik standartlari va mehnat sharoitlariga rioya qilish istagi bizni diqqatimizni xavfli holatlarni o‘z vaqtida aniqlashga, xodimlarning hayoti bilan bog‘liq nosozliklarni bartaraf etishga yordam beradi. Shuning uchun OHSAS 18001:2007 sertifikatiga ega bo‘lish har bir tashkilot uchun g‘ururdir.

Ma’lumot uchun: «COSCOM» MChJ ( Ucell savdo markasi) sog‘liqni saqlash va mehnat xavfsizligini boshqarish tizimini ishlab chiqgan, joriy etgan va sertifikatlashtirgan hamda OHSAS 18001:2007 xalqaro sertifikatiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining telekommunikatsiya sektoridagi hozircha birinchi va yagona korxona.

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring