Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ucell yirik pul mukofotlari o‘ynaladigan tanlovga start berdi  

Ucell yirik pul mukofotlari o‘ynaladigan tanlovga start berdi   

«Coscom» MChJ – «Ucell» savdo belgisi g‘oliblarga 500 ming, 1 mln., 1,5 mln. va 2,5 mln. so‘mlik sertifikatlar beriladigan tanlovga start berdi. Yutuqli o‘yin 2021-yilning 19-iyulidan 18-oktyabrigacha davom etadi. Umumiy mukofot jamg‘armasi 105 mln. so‘mni (JShDS olib tashlangandan so‘ng) tashkil qiladi.

Tanlovda Ucell Telegram-kanalining (https://t.me/ucell) 18 yoshga to‘lgan a’zolari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda qatnashish uchun nima qilish kerak?

– Ucell’ning Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lish: https://t.me/ucell;

– Tanlov Telegram-boti – https://t.me/UcellMillionBotga o‘tish va oddiy ko‘rsatmalarni bajarish;

– Ucell kanaliga referal havola bo‘yicha do‘stlarni taklif qilish va pul sertifikatlaridan birini yutib olish imkoniyatini qo‘lga kiritish;

@UcellMillionBot botida tanlovdagi ishtirokingiz holatini kuzatib borish mumkin.

* Ishtirokchi qancha ko‘p do‘stini taklif qilsa, shuncha kattaroq nominaldagi sertifikatni yutib olishi mumkin.

Masalan, agar ishtirokchi 10ta va undan ko‘p obunachini taklif qilsa, 2,5 mln. so‘mlik sertifikatni yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

G‘oliblar qanday aniqlanadi?

Butun tanlov davomida 10ta yutuqli o‘yin o‘tkaziladi. G‘oliblar har 10 kunda tasodifiy raqamlar generatori xizmati yordamida taklif qilingan do‘stlar soniga qarab barcha ishtirokchilar orasida aniqlanadi.

Barcha o‘yinlar yakunlari g‘oliblar ro‘yxati bilan Ucell’ning www.ucell.uz saytida e’lon qilib boriladi.

Tanlov g‘oliblarini taqdirlash natijalar e’lon qilinganidan so‘ng 30 kun davomida amalga oshiriladi.

Ucell tanlovida ishtirok eting va pul mablag‘lari uchun yuzlab sertifikatlardan biriga ega bo‘ling!

Batafsil: https://ucell.uz/ru/subscribers/services2/special_offers2/ucellmillion.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring