Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Germaniyada axlat yoqilg‘isiga yuradigan avtobuslar paydo bo‘ldi

Germaniyada axlat yoqilg‘isiga yuradigan avtobuslar paydo bo‘ldi

Foto: «Euro-pulse.ru»

Germaniyaning Vuppertal shahrida ekologik toza avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Ular axlatni yoquvchi energostansiyaning vodorod yoqilg‘isiga yuradi, deya xabar berdi «YevroPuls».

Ustiga-ustak, suv bug‘ini hisobga olmaganda hech qanday chiqindi ham hosil bo‘lmaydi. Hozir bir necha yo‘nalishlarda o‘nlab ana shunday transport vositalari harakatlanmoqda. Keyingi yili ularning sonini ikki baravarga ko‘paytirish rejalashtirilmoqda. Har bir vodorod avtobusi 75 tagacha yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan.

Mazkur loyihani Yevropa Ittifoqi, shuningdek, Germaniya va Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal yerlari rahbariyati qo‘llab-quvvatlashgan. Agar vodorod avtobuslari ishonchli va aholiga yoqadigan bo‘lsa, bunday transport vositalari Yevropaning boshqa shaharlariga ham olib kelinadi.

Bundan tashqari, Germaniyada 2018-yildan beri vodorod yoqilg‘isiga harakatlanadigan poyezdlar qatnamoqda. Yaqinda bunday poyezdlar Niderlandiyada ham paydo bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring