Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazir jurnalist va blogerni tabrikladi

Vazir jurnalist va blogerni tabrikladi

Foto: «Mitc.uz»

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq soha xodimlaridan bir guruhi mukofotlangandi.

Unga ko‘ra, AKT sohasini ham yoritib boradigan «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali muxbiri Qosimov Zafarjon Olimjonovich hamda Toshkent shahri «Coscom» mas’uliyati cheklangan jamiyatining jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i, bloger Nasimov Baxtiyor Azimovich «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan edi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Sh.Sodiqov vazirlikda yuksak mukofotlar bilan taqdirlangan jurnalist va blogerni ushbu e’tirof bilan samimiy muborakbod etdi.

— Bugungi kunda doimo yangilik izlab, yangilikka intilib yashaydigan, jamiyatda yuz berayotgan muhim o‘zgarishlar, ustuvor g‘oya va tashabbuslarning ma’no-mohiyatini odamlarga tezkorlik va xolislik bilan yetkazadigan, hayotning qaynoq nuqtalariga dadil kirib boradigan jurnalistlarning mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi beqiyosdir. Bugunning jurnalisti serqirra ijodkor bo‘lmog‘i kerak, — deb ta’kidladi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Sh.Sodiqov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring