Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazir xalqqa qancha yaqin bo‘lsa, joylarda shuncha natija bo‘ladi

Vazir xalqqa qancha yaqin bo‘lsa, joylarda shuncha natija bo‘ladi

Foto: Xabar.uz

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati va tumanlari hokimlari, iqtisodiyot tarmoqlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazib, shunday degan edi:

– Statistlar bergan raqamlar bilan shu paytgacha to‘g‘ri yo‘nalish qilib bo‘lmadi, xalqimiz manfaat ko‘rmadi. Takliflar tumanlardan, odamlarning o‘zidan chiqishi kerak. Vazirlar, rahbarlar kabinetda emas, hududlarda, uzoq qishloqlarda ishlashi zarur. Shunday og‘ir sharoitda fidoyi bo‘lmagan rahbar – xiyonatchi. Shu xalq uchun oylik olib yuribsizlar.

Darhaqiqat, prezident ta’kidlaganidek, davlat idorasi vakili xalqqa qancha yaqin bo‘lsa, joylarda shuncha natija bo‘ladi, adolat mezoni ta’minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov rahbarligidagi vazirlik ishchi guruhi tomonidan hududlardagi haqiqiy ahvolni o‘rganish, sohadagi muammoli masalalarni joyida hal etish, xodimlar bilan ochiq muloqot qilish bo‘yicha amaliy ishlar ikki yildan buyon tizimli yo‘lga qo‘yilgan.

Foto: Xabar.uz

AKT vaziri rahbarligidagi ishchi guruh shu kunlarda Andijon viloyatidagi soha korxona, tashkilot va muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishishmoqda. 

Foto: Xabar.uz

E’tiborlisi, tizimli yo‘lga qo‘yilgan bu o‘rganishlar o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Birinchidan, jonli muloqot o‘tkazilib, muammoli masalalarning ayrimlari joyida hal etilyapti. Qolaversa, sohadagi har bir korxona sifatli xizmat ko‘rsatish orqali daromadni oshirish, kelgusi rejalarni shunga moslab tuzish harakatiga tushishgan.

Foto: Xabar.uz

Ishchi guruh viloyatdagi pochta, telekommunikatsiya va boshqa korxonalarda bo‘ldi. Jumladan, «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUKning Andijon radiotelevideniye uzatish markazi faoliyati o‘rganildi.

Foto: Xabar.uz

– Bu yerda ishlashning o‘zi bo‘lmaydi, – dedi Shuhrat Sodiqov, – shuning uchun barcha sharoitlar muhayyo bo‘lishi kerak. Jazirma issiq va qahraton sovuqda faoliyat olib borasizlar. Bunga har kim ham chiday olmaydi. Texnikalar ham murrakab tuzilishga ega, ham o‘ta nozik. Aloqachidan o‘ta kuchli mas’uliyat va tajriba talab qilinadi.

Foto: Xabar.uz

Vazir korxona ishchi-xodimlari bilan dildan suhbatlashar ekan, ularni yaqinlashayotgan Ramazon hayiti bayrami bilan tabrikladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring