Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazirlikda senatorlar bilan muloqot tashkil qilindi

Vazirlikda senatorlar bilan muloqot tashkil qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 17 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasining navbatdagi majlisi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida o‘tkazildi.

Oliy Majlis Senati Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farhod Boqiyev boshqargan majlis avvalida Senatning yigirma birinchi yalpi majlisi kun tartibiga kiritilgan masalalar dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

Jumladan, «Favqulodda holat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni, «Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risida»gi, «Intellektual mulk ob’yektlari to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi, «O‘simliklar karantini va himoyasi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunlar muhokama qilindi. 

Shundan so‘ng AKT vaziri o‘rinbosari Jamol Maqsudov O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining mamlakatimizni internet tezligi bo‘yicha xalqaro reytingdagi o‘rnini yaxshilash, shuningdek, aholining internet tarmoqlari orqali erkin va tezkorlik bilan axborot olish imkoniyatlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda sohaga oid qabul qilingan qonunchilik hujjatlarning ijro etilishi to‘g‘risida axborot berdi. Vazir o‘rinbosari  telekommunikatsiya, pochta yo‘nalishlari va elektron xizmatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, respublikamizda optik tolali aloqa liniyalari uzunligi 4,5 barobarga oshiib, 99 ming km.ga va keng polosali portlar soni 3,5 barobarga oshirilgan. Mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida 2021 yilda 9 000 ta baza stansiyasi ishga tushirilgan va ularning umumiy soni 40  mingtaga yetkazilgan.

Davlat xizmatlarini elektron shaklda ko‘rsatish bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 276 ta turdagi xizmatlar onlayn shaklda ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilgan.  Bugungi kunda Yagona portal (my.gov.uz)da ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 850 mingdan ortgan. Ushbu foydalanuvchilar tomonidan Yagona portal xizmatlaridan jami 2,3 mln. marotaba foydalanilgan. Shuningdek, aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qulayliklar yaratish maqsadida hududlarda 750 ta pochta aloqasi ob’yektlarida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali platformasidan foydalangan holda 30 turdagi davlat xizmatlari taqdim etilmoqda.

Senatorlar va ekspertlar tomonidan AKT sohasiga qaratilgan tadbirlarni yanada kuchaytirish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

Majlisda ko‘rilgan masalalar yuzasidan Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring