Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Viloyatlarda dronlar shousi qachon o‘tkazilishi yuzasidan ma’lumot berildi

Viloyatlarda dronlar shousi qachon o‘tkazilishi yuzasidan ma’lumot berildi

AOKAda Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne’mat Atamuratov ishtirokida o‘tgan brifingda yangi yil bayrami munosabati bilan tashkillashtiriladigan dronlar shousi haqida ma’lumot berildi. Unga ko‘ra:

Samarqandda — 5-6-yanvar

Buxoroda — 7-yanvar

Urganchda — 8-yanvar

Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 9-10-yanvar

Farg‘onada — 16-yanvar

Ayni damda dronlar Samarqand shahriga yetib borgan va shahar hokimligi binosi yonida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Dron uchirish maydoni va ob-havo talabga javob bersa, shou 18:00 dan 19:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.

Toshkent shahrida uchirilgan dronlar Kadastr agentligining 25 nafar xodimi tomonidan boshqarib turilgan.«Geoinnovatsiya markazi» davlat unitar korxonasi mutaxassislari tomonidan 500 ta dron yordamida 8 ta shakl yasalgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring