Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vrachlar tilini o‘girib beruvchi servis ochildi

Vrachlar tilini o‘girib beruvchi servis ochildi

Foto: «Amazon»

«Amazon» kompaniyasi yangi servisini ochdi: u vrachlarning gapini matnga o‘girib beradi.

«Amazon Transcribe Medical» deb nomlangan bu dastur orqali vrachning ovozini o‘z qurilmangizga (smartfon, planshet) yozib olishingiz va onlaynda hamma aytilgan gaplarni matn ko‘rinishida o‘qishingiz mumkin bo‘ladi. Talaffuz va tanaffuslarga qarab, tinish belgilarini ham dasturning o‘zi qo‘yib beradi.

Mualliflarga ko‘ra, dastur sun’iy intellekt va mashina o‘qitish bazasida ishlaydi. Keyinchalik matn qoralamalarini boshqa dasturlarda ham ishlab, shifokor so‘zlarining mag‘zini chaqish ham mumkin ekan.

Servis mualliflari ushbu ishlanma avvalo ko‘p vaqtini hisobotlarni to‘ldirishga sarflaydigan vrachlarning o‘zlariga asqotishini ta’kidlashmoqda. Albatta, xotirasi sal chatoqroq yoki shifokorning so‘zlarini uncha tushunmaydigan bemorlar uchun ham dastur foydadan xoli bo‘lmasligi aniq.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring