Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xerox» va «HP» birlashadimi?

«Xerox» va «HP» birlashadimi?

Foto: «Scrabbl»

«Xerox» kompaniyasi «HP Inc.» bilan birlashish yo‘llarini ko‘rib chiqyapti — bu haqda o‘z manbalariga asoslangan «The Wall Street Journal» xabar berdi.

Avvalo shuni aytish kerakki, «Xerox», o‘zaro solishtirilganda, «HP»dan ancha kichik: birinchi kompaniyaning kapitali 8,05 mlrd. dollar bo‘lsa, ikkinchisiniki — 27,27 mlrd. Yillik daromadidagi farq bundan ham katta: «Xerox» — 9,8 mlrd., «HP» — 58,5 mlrd. dollar.

Demak, WSJ xabariga ishonadigan bo‘lsak, «Xerox» «HP» uchun salmoqli mukofot puli taklif etgan holda bo‘lg‘usi bitimni naqd pul va o‘z aksiyalari bilan to‘lamoqchi. Buning uchun yirik bir bankning kafilligi ham olingan, deyiladi xabarda.

Oxirgi yillarda «Xerox» va «HP» kompaniyalari imkon qadar xarajatlarini qisqartirishga urinib kelmoqda, xususan, «HP» rejali restrukturizatsiya o‘tkazishi haqida (shuning ortidan 1 mlrd. dollar iqtisod qilinishi kutilyapti) yaqinda ma’lum qilgandi. WSJ manbalariga ko‘ra, agarda ikki kompaniya birlashsa, yaqin yillarda 2 mlrd. dollargacha iqtisod qilinishi mumkin ekan.

Ayrim kuzatuvchilar ushbu bitim amalga oshgan taqdirda «HP»ning shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarish sohasi «o‘yindan chiqib ketishi» va katta ehtimol bilan sotib yuborilishi mumkinligi haqida taxminlarni ilgari surishgan.

Birja tahlilchilari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilganida esa «HP»-«Xerox» bitimi amalga oshishi ehtimoli juda past baholandi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha «Fujifilm» kompaniyasi «Xerox»ni to‘liq sotib olishga urinib ko‘rgan, ammo muzokaralar samarasiz yakunlangandi. Ammo ular o‘rtasida qo‘shma korxona bor, hozir bo‘lsa amerikaliklar «Fuji Xerox»dagi 2,3 mlrd. dollarlik ulushlarini sheriklariga sotib yuborishni ham ko‘zlashmoqda. Shunda qo‘shma korxona to‘liq yaponlarniki bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring