Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy Marsga uchirgan qurilma yarim yo‘lni ortda qoldirdi — 100 million kilometr

Xitoy Marsga uchirgan qurilma yarim yo‘lni ortda qoldirdi — 100 million kilometr

Foto: «Wthr.com»

Xitoyning uchuvchisiz kosmik apparati «Tyanven-1» Yerdan 100 million kilometr uzoqlashdi. Bu haqda Xitoy milliy fazoviy boshqarmasi (CNSA) xabar berdi.

«Tyanven-1» qurilmasi 144 kundan beri Mars tomon harakatlanmoqda. «Qizil sayyora» orbitasiga yetib borganida Yerdan 190 mln. kilometr olisda bo‘ladi.

«Tyanven-1»ning Marsga parvozi sxemasi.

Eslatib o‘tamiz, «Tyanven-1»ga 2020-yilning 23-iyul kuni Yerdan start berilgandi. Xitoy qurilmasi Marsga 2021-yilning fevral oyi o‘rtalarida yaqinlashishi va to‘rtta manyovrni amalga oshirishi kutilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring