Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda «hojatxona inqilobi»

Xitoyda «hojatxona inqilobi»

Foto: «varlamov.ru»

Yangi texnologiyalarning kirib kelishi va «hojatxona inqilobi»ning boshlanishi sabab Xitoyda jamoat hojatxonalaridan boshqa maqsadlarda ham foydalanish mumkin bo‘ldi. Masalan, endilikda bu yerda telefonni quvvatlantirish, harorat va havo namligi ko‘rsatkichlarini bilish mumkin, shuningdek xizmatdan foydalanishda yuzni tanish texnologiyasidan foydalanilmoqda, deb xabar beradi «Hi-tech.mail.ru».

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar oyida Xunan provinsiyasidagi Chansha shahrida «aqlli hojatxona» ochilgan bo‘lib, hozirga qadar undan 20 mingdan ziyod odam foydalangan. U zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan, masalan, hojatxona qog‘ozi har bir odamga maxsus apparat orqali 40 santimetrdan beriladi, unga yuzni tanish tizimi o‘rnatilgan. Bu orqali rasmiylar isrofgarchilikning oldini olish niyatida.

Shuningdek, bu yerdan telefonni quvvatlantirish qurilmasi ham mavjud, hojatxonada tekin «Wi-Fi»dan foydalansa bo‘ladi.

Bundan tashqari «aqlli hojatxona» maxsus datchiklar bilan jihozlangan bo‘lib, foydalanuvchi 10 daqiqadan ortiq qolib ketsa, signal ishga tushadi. Ushbu signal faqatgina ichkaridagi odamga eshitiladi va uni ogohlantiradi. Har bir kabinaga «favqulodda holatlar» tugmasi o‘rnatilgan.

Chunsindagi 30 dan ortiq jamoat hojatxonalari qog‘oz olish uchun maxsus QR-kodni skanerdan o‘tkazish lozim. Har safar skaner qilinganida 80 santimetr qog‘oz taqdim etiladi. Bu kabi texnologiya tez orada shahardagi 150 dan ortiq hojatxonalarda qo‘llanila boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy 2015-yilda mamlakatdagi ijtimoiy sharoitni yaxshilash maqsadida umummilliy «hojatxona inqilobi»ni e’lon qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring