Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorazm yoshlari uchun raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi

Xorazm yoshlari uchun raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi

Foto: AKT vazirligi axborot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning uchinchi yo‘nalishi – aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan bo‘lib, bu borada qator vazifalar belgilanib, ishlar olib borilmoqda.

AKT vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, 3-tashabbus doirasida Axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan mamlakatimizning barcha hududlarida aholi va yoshlar uchun Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilmoqda.

Foto: AKT vazirligi axborot xizmati

Ushbu o‘quv markazlaridan biri 28 fevral kuni Xorazm viloyati Gurlan tumanida ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi. Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining xududiy boshqarmasi, tizimdagi korxona va tashkilotlar Xorazm viloyati hokimligi mas’ul xodimlari va soha faxriylari ishtirok etdilar.

Foto: AKT vazirligi axborot xizmati

O‘quv markazini tashkil etish uchun «O‘zbektelekom» AK Xorazm filialiga qarashli bo‘sh turgan bino tanlab olindi va to‘liq ta’mirdan chiqarildi. Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi zamonaviy kompyuter texnologiyalari, robototexnika jihozlari, proyektor, kibersport o‘yinlari uskunalari va boshqa eng so‘ngi rusumdagi texnika vositalari bilan jihozlandi.

Kelgusida tuman yoshlari ushbu o‘quv markazida axborot texnologiyalari, dasturlash sohalarida innovatsion ishlanmalar yaratish, startap loyihalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadilar.Shu bilan birgalikda o‘quv markazida korxona va tashkilotlar xodimlarini zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida malakasini oshirish rejalashtirilgan.

Foto: AKT vazirligi axborot xizmati

O‘quv markazida kompyuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika, internetdan foydalanish, kibersport yo‘nalishlarida to‘garaklar hamda boshqa bir qator yo‘nalishlarda o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Foto: AKT vazirligi axborot xizmati

Bugungi kunda mamlakatimizda Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda «Bir million o‘zbek dasturchisi» loyihasi amalga oshirilmoqda. Hududlarda tashkil etilayotgan Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari yoshlarni ushbu yirik loyihada faol va samarali ishtirok etishlarida ko‘makdosh bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring