Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiya elchisi O‘zbekiston bozoriga qiziqish ortib borayotganini qayd etdi

Yaponiya elchisi O‘zbekiston bozoriga qiziqish ortib borayotganini qayd etdi

Foto: AKT vazirligi axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov Yaponiyaning Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Yoshinori Fujiyama bilan uchrashdi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv davomida vazir elchini tabriklab, yuksak va mas’uliyatli ishida muvaffaqiyat tilagan.

Yoshinori Fujiyama O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasi rivojiga qaratilayotgan katta e’tibor va intilishni alohida ta’kidlab, ikki mamlakatni birlashtirib turuvchi omillarni sanarkan, O‘zbekiston bozoriga qiziqish tobora ortib borayotganini qayd etgan.

Uchrashuv chog‘ida axborot texnologiyalari, texnoparklar va innovatsiya markazlarini rivojlantirish hamda boshqarish, IT-ta’lim va teletibbiyotning eng yangi texnologiyalarini joriy etish masalalarining joriy holati va kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirishning harakatlar rejasi boyicha fikr almashildi.

Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring