Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yashirinish deyarli ilojsiz — Google xodimlari haqiqatni ochishdi

Yashirinish deyarli ilojsiz — Google xodimlari haqiqatni ochishdi

Foto: «Ferra.ru»

Google xodimlari iqror bo‘lishlaricha, kompaniya servislaridan foydalanuvchilar qayerda joylashganliklarini yashira olmaydilar, deyarli... hatto maxsus sozlamalar ham yordam bermaydi.

Ushbu ma’lumotlar Arizona shtati (AQSh) prokuraturasi Google kompaniyasiga qarshi olib borgan sud jarayonida yuzaga chiqdi. Unda ma’lum bo‘lishicha, hatto foydalanuvchilar joylashuvdan birgalikda foydalanish sozlamalarini o‘chirishganidan so‘ng ham kompaniya ularning qayerda ekanliklari haqida ma’lumot to‘plashda davom etadi. Bundan tashqari, Google maxfiylik sozlamalarini atayin topish qiyin qilib qo‘ygan, o‘z maxfiylik sozlamalari foydalanuvchilarga ma’qul kelgan LG va boshqa smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga esa bosim o‘tkazgan...

Xabarda aytilishicha, Google dan yashirinishning yagona yo‘li — manzilni duch kelgan joyda, ko‘cha-ko‘yda o‘rnatishdir.

Arizona prokuraturasi ayni shu sabablar bois Google kompaniyasini foydalanuvchilar haqida noqonuniy ravishda ma’lumot to‘plashda aybladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring