Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

1-yanvardan akademik litsey pedagoglariga yangi tartibda ish haqi hisoblanadi

1-yanvardan akademik litsey pedagoglariga yangi tartibda ish haqi hisoblanadi

Prezident qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 2021-yil 1- yanvardan boshlab akademik litsey pedagoglari va xodimlarining mehnatini munosib rag‘batlantirish maqsadida:

— akademik litsey pedagog va o‘quv-yordamchi xodimlari mehnatiga haq to‘lashda Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarning tegishli xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari qo‘llaniladi;

— akademik litsey direktorining o‘quv-tarbiya jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan o‘rinbosarlarining bazaviy lavozim maoshlariga 20 foiz miqdorida har oylik ustamalar to‘lanadi;

— bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli oliy ta’lim muassasasining moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib, budjetdan tashqari, jumladan, to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan akademik litseylarda o‘rnak ko‘rsatgan pedagog va xodimlarga lavozim maoshlarining 100 foizigacha miqdorida har oylik ustamalar to‘lanadi;

— akademik litseylarning fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD), shuningdek, fan doktori yoxud fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga, professor yoki dotsent ilmiy unvonlariga ega bo‘lgan pedagog xodimlari mehnatga haq to‘lash shartlariga ko‘ra oliy ta’lim muassasasi katta o‘qituvchisiga tenglashtiriladi.

Shuningdek, 2021-yil 1-yanvardan boshlab o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida ta’lim muassasasi rahbarining bazaviy lavozim maoshiga nisbatan bosh hisobchining bazaviy lavozim maoshi 80 foiz miqdorida, hisobchining bazaviy lavozim maoshi 60 foiz miqdorida belgilanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring